Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 6-turida “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jamoalari 4-sentabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida Antoni mankunianlar safidagi debyut golini urgan holda mezbonlarni oldinga olib chiqdi.
60-daqiqada Bukayo Saka muvozanatni tiklashga erishdi. 66-daqiqada Markus Reshford mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Markus dubl qayd etgan holda, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa “Arsenal” mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Mikel Arteta shogirdlari 15 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi.
Mavsum startidagi ikkita mag‘lubiyatdan keyin g‘alabali seriya namoyish qilayotgan “qizil iblislar” esa ochkolarini 12 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi.
6-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
APL
6-tur bahslari
4-sentabr, yakshanba
“Manchester Yunayted” – “Arsenal” 3:1
Gollar: 1:0 – 35 Antoni, 1:1 – 60 Saka, 2:1 – 66 Reshford, 3:1 – 75 Reshford.“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot, Varan, Martines (Maguayr, 80), Malasia, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktominey, Reshford (Kazemiro, 80), Sancho (Fred, 67), Antoni (Ronaldu, 58).
“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 80), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Nketia, 74), Jaka, Edegor (Smit-Rou, 74), Lokonga (Fabiu Viyeyra, 74), Saka, Gabriel Jezus, Martinelli.
Ogohlantirishlar: Saliba (24), Maktominey (71), Gabriel Jezus (77), Maguayr (81), Saka (87).
Izoh (0)