Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz boshqa qizni urib, uni “samosud” qilgani tasvirlangan video tarqaldi.
“Daryo”ga yuborilgan videodan anglashilishicha, qizlar o‘rtasidagi muammoga Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Videoda ko‘rinishicha, zo‘ravon qiz sherigi bilan ketayotgan qizning avvaliga sochini tortgan. So‘ngra unga telefonidan Instagram akkauntini ochib, unga nimanidir ko‘rsatishini, so‘ngra Instagram sahifasini o‘chirishini talab qilgan. Voqeani tasvirga olayotgan qiz esa kaltak yeyotgan qizdan baqirmaslikni so‘ragan.
Shundan so‘ng zo‘ravon qiz yerga yotib qolgan qizning sochidan tortib, yuziga tepa boshlagan. Kaltak zarbidan dodlagan qiz esa atrofdagilarni yordamga chaqirgan.
Video ishtirokchilari suhbatidan ularning xorazmlik ekani anglashiladi.
“Samosud” voqeasi qachon bo‘lgan, voqea qanday yakunlangani haqida axborot yo‘q.
Izoh (0)