• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shaxs o‘z aybsizligini isbotlashga majbur emas” – yuridik fanlari doktori, professor Surayyo Rahmonova

    O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunning loyihasida aybsizlik prezumpsiyasiga oid qator normalarni mustahkamlash taklif etilmoqda. Mazkur qoidalar nimani anglatadi va ularning ahamiyati haqida yuridik fanlari doktori, professor Surayyo Rahmonova “Daryo” saytiga tushuntirish berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aybsizlik prezumpsiyasi – bu insoniyat tamadduni tarixida shaxs huquqlariga oid eng buyuk kafolatdir. Nima uchun? Aslida tarixan bu kafolat jinoyat protsessiga siyosatdan kelgan ijtimoiy-siyosiy g‘oyadir. Ya’ni, 18 asr o‘rtalaridagi Yevropa jamiyatida kechayotgan siyosiy-ijtimoiy voqealar (fransuz revolyutsiyasi) jinoyat va jazo tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan tarixiy jarayonda shakllangan. Birinchi bor mazkur prinsip 1764-yilda mashhur italiyalik olim Chezare Bekkariya tomonidan uning “Jinoyatlar va jazolar haqida” deb nomlangan asarida shakllantirilgan. Bekkariya mazkur kitobining “Qiynoq” deb nomlangan bobida qiynoq va odil sudlov borasida shunday g‘oyalarni bayon qilgan: “qiynoq jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash va isbotlash vositasi sifatida samarasiz va nomaqbuldir”... “Ayblov hukmi chiqmaguniga qadar hech bir shaxs jinoyatchi deb atalishi mumkin emas, jamiyat esa uni o‘z panohi va himoyasidan mahrum qilmasligi kerak. Hibsda saqlashning o‘zi ham bunday shaxs uchun jazodir, shuning uchun hibs imkon qadar qisqa va imkon qadar og‘ir bo‘lmasligi zarur”.

    Keyinchalik Bekkariyaning mazkur g‘oyasi aynan “aybsizlik prezumpsiyasi” deb e’lon qilingan va birinchi bor Fransiyada tatbiq etilgan hamda 1769-yilda “Inson va fuqaroning huquqlari deklaratsiyasi”da mustahkamlangan. Aynan shu vaqtdan boshlab tarixan insonga bo‘lgan yondashuvning butunlay yangi shakli e’tirof etilib, insonni cheklanmagan muddatda hibsda saqlash va unga nisbatan noinsoniy muomilada bo‘lish, qiynoqqa solishga qurilgan o‘rta asrlar inkvizitsiyasi mutlaqo inkor etilgan!

    Ya’ni aynan aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, davlat va jamiyat uchun shaxsning sha’ni va qadr-qimmati uning jinoyatda aybin isbotlanishidan ko‘ra muhimroqdir. Mazkur prinsipga muvofiq, tergov o‘z funksiyasidan kelib chiqib, sudga mazkur shaxs jinoyat sodir etganligi haqida o‘zining versiyasinigina taqdim qiladi, biroq bu shaxs hatto jinoyat sodir etganida ushlangan bo‘lsa ham, uning aybi sudning hukmi bilan aniqlanguniga qadar u aybsizdir!

    Albatta, tarixga nigoh tashlasak, aybsizlik prezumpsiyasi hatto sovet tuzumi Jinoyat-protsessual kodeksida ham belgilangan edi. Lekin, albatta, bu davrda mazkur prinsip deklarativ ravishda, faqat qog‘ozda bo‘lgan! Inkvizitsiyaviy sovet jinoyat protsessida isbotlashning eng samarali yo‘li bu – aybiga iqrorlik ko‘rsatmalarini olish hisoblanardi! Va bu yo‘lda har qanday usullar o‘zini oqlaydi, degan qoida amal qilardi. Aynan ana shu og‘ir tarixiy davrlarni boshidan kechirgan xalqimizda jinoyat tergovi haqida so‘z borganda quyidagi stereotip fikrlash keng tarqalgan “Tergov organlariga kuning tushmasin, tushsa tamom, qutila olmaysan, tergov nima desa shuni qilishga majbur bo‘lasan”...

    Endi esa tasavvur qiling, jinoyatda gumonlanayotgan yoki ayblanayotgan shaxs tergovchiga qarab “Aybdor yoki aybsizligimni isbotlashga majbur emasman, bu sizning majburiyatingiz!” deb tursa. Albatta, oddiy turmushimizda bunday vaziyatni hatto tasavvur qilishimiz ham qiyin. Aslida esa aybsizlik prezumpsiyasi har bir shaxsga aynan shunday dadil pozitsiyada bo‘lishni kafolatlaydi!

    Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishga majbur emas. Ha, aynan shunday! Bu nimani anglatadi? Jinoyat bo‘yicha isbotlash majburiyati alohida mas’ul mansabdor shaxslarga yuklatilgan. Ya’ni, dastlabki tergovda shaxsga nisbatan ayblov tergovchi tomonidan e’lon qilinadi, sud muhokamasida esa ayblovni davlat ayblovchisi qo‘llab-quvvatlaydi. Aynan shuning uchun ham shaxsning aybli yoki aybsizligini isbotlash faqat mazkur mansabdor shaxslar zimmasida. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi isbotlash jarayonida ishtirok etishga umuman majbur emas! Agar istasa, ushlangan vaqtidan to hukm chiqarilgunga qadar sukut saqlashi mumkin.

    Shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasiga binoan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

    Tasavvur qiling, odatda shaxsga nisbatan jinoyat ishi boshlanganda u og‘ir ruhiy holatga tushadi, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, aynan ana shu paytda u o‘z huquqlarini to‘liq anglay olmaydi. Va aynan shunday ruhiy holatda oddiy inson aybdorligini isbotlash uning emas, tergov organlarining vazifasi ekanligini tushunmasdan o‘ziga qarshi ko‘rsatmalar berishi afsuski, hayotimizda keng tarqalgan amaliyot.

    Shaxs o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi qoidasining konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi tergov organlari tomonidan shaxsni majburlash yoki unga har qanday bosim o‘tkazish kabi salbiy holatlaridan himoya qiladi.

    Aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Nima uchun shaxs huquqining mazkur kafolati muhim? Aytaylik, shaxs jinoyat sodir etganlikda gumon qilindi, lekin buni bevosita isbotlashning imkoni bo‘lmadi: uning aybliligini ko‘rsatuvchi bilvosita dalillar bor, lekin to‘g‘ridan to‘g‘ri aybini isbotlovchi dalillar tergov davomida topilmadi. Shunday vaziyatda qonun aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishini kafolatlaydi. Va bunday holatlarda sud shaxsning aybini tasdiqlovchi dalillarning yetarli emasligi tufayli oqlov hukmi chiqaradi. Ya’ni, bunda “isbotlanmagan ayb – isbotlangan aybsizlikka teng” degan halqaro standart amal qiladi.

    Konstitutsiyaga kiritilayotgan ushbu kafolatlarning barchasi butun dunyo e’tirof etgan aybsizlik prezumpsiyasining “oltin qoidalari” bo‘lib, ularning konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilinishining yangi va ishonchli mexanizmini ishga soladi. 

    Surayyo Raxmonova,

    yuridik fanlari doktori, professor,

    Sudyalar oliy kengashi huzuridagi

    Sudyalar oliy maktabi

    kafedra mudiri

    31.08.2022, 17:25   Izoh (0)   12027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent davlat pedagogika universiteti va “Mehrli maktab” gospital maktabida kasbiy amaliy seminar o‘tkazildi

    31.08.2022, 17:01

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    31.08.2022, 16:57

    Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov mustaqillik bayramlari munosabati bilan bir-birini tabrikladi

    31.08.2022, 16:47

    Wizz Air Abu Dhabi’ga Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi

    31.08.2022, 16:32

    “Yashil” va “aqlli” fotoelektrik tizimlar O‘zbekistondagi har bir xonadon va tashkilot uchun asosiy energiya manbai sifatida

    31.08.2022, 16:30

    Velosipedli bo‘lgan 52 nafar bola, muxlislari qurshovida qolgan xonanda: Dehqonobodda Mustaqillik bayramining 31 yilligi nishonlandi

    31.08.2022, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.