Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 25-avgust kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat shu kuni tungi soat 01:00 larda tumanning Xonimqo‘rg‘on qishlog‘idan o‘tuvchi M-39 Toshkent—Termiz yo‘lining 1036-kilometrida sodir bo‘lgan. Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi fuqaro Kia Bongo avtomashinasini Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Andijon tumanida yashovchi fuqaro (1986-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.
YTH oqibatida Kia haydovchisi chap oyoq son suyagi o‘rta uchligidan yopiq sinib siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mashinada bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i esa tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
Izoh (0)