• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ukraina armiyasi Xerson viloyatiga hujum haqida ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi “u sharmandalarcha muvaffaqiyatsizlikka uchragani”ni aytmoqda

    Ukraina armiyasi anchadan beri kutilayotganidek, mamlakatning bosib olingan janubiy qismiga hujum boshlaganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

    Ukraina harbiylari Donetsk viloyatida, 2022-yil 28-avgust

    Ukraina harbiylari Donetsk viloyatida, 2022-yil 28-avgust
    Foto: AP Photo

    “Ukraina Qurolli kuchlari Ukraina janubida ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha, shu jumladan, Xerson viloyatida ham hujum harakatlarini boshladi”, — dedi “Janub” qo‘riqlov va mudofaa kuchlari rasmiy vakili Natalya Gumenyuk.

    O‘z navbatida, “Kaxovka” tezkor qo‘shinlar guruhi DXRning 109-polki va uni qo‘llab-quvvatlab turgan rossiyalik desantchilar o‘z pozitsiyalaridan chekinganini ma’lum qildi. Guruh e’lon qilgan videoda rossiyalik harbiy yoki DXR jangchisi deb taxmin etilayotgan shaxs 29-avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) “mudofaaning birinchi chizig‘ini yorib kirgani”ni aytgan. Bu haqda boshqa nashrlar ham yozgan.

    Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Aleksey Matsulevich Xerson uchun janglar boshlangani haqida yozib, so‘ng postini o‘chirib tashladi. Bundan tashqari, Ukraina Telegram-kanallari UQK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyga tayanib, Ukraina armiyasi Xerson viloyatidagi Suxoy Stavok aholi punktini egallagani haqida xabar tarqatdi. Biroq bu ma’lumot Zalujniyning norasmiy kanalida paydo bo‘ldi va hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

    Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak jamoatchilik ko‘zi oldidagi shaxslarni “super shov-shuvli bayonotlar” bermaslikka chaqirdi. “Sizning istaklaringiz va orzularingizni tushunaman. Ammo baribir bizning har qanday harbiy harakatlarimizga nisbatan izohlarning ehtiyotkorona formatidan kelib chiqishni taklif etaman…” — dedi u. Gumenyuk qo‘shimcha qilishicha, “har qanday jangovar operatsiya jimjitlik talab qiladi”. “Bunday ijobiy yangiliklarni odamlar juda uzoq kutganini tushungan holda, haqiqatan ham qandaydir harakatlar boshlaganimiz haqida ma’lum qilishimiz mumkin edi. Biroq bundan keyin o‘zingizni tiyib turishni va bu voqealarni tarqatib yubormaslikni, qo‘shimcha tafsilotlarni qidirib topmaslikni so‘raymiz…” — deya aniqlik kiritdi u.

    AQSHning ikki mansabdori CNN’ga UQK “jiddiy qarshi hujum” uchun sharoitlarni tayyorlayotgani haqida ma’lum qildi. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, bunday operatsiyalar hujum oldidan qilinadigan standart amaliyot bo‘lib, jang maydonini tayyorlash uchun qurol-yarog‘ omborlariga, qo‘mondonlik punktlariga va boshqa harbiy nishonlarga zarbalar berishni o‘z ichiga oladi. Hujum rejalariga o‘z ta’sirini o‘tkazgan narsalardan biri shu bo‘ldiki, AQSHning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya front oldingi chizig‘iga taxmin qilinganidan ko‘ra kamroq bo‘linmalarni joylashtira olgan, deya qo‘shimcha qildi CNN jurnalisti Jim Shutto ismi oshkor etilmagan amerikalik mansabdorga tayanib.

    Xerson viloyatining Rossiya nazorati ostidagi ma’muriyati hujum bo‘lmaganini ma’lum qildi. “Bu feyk, UQK hujumi — bu qandaydir xom xayol, kino. Hech kim hech qayerga hujum qilmayapti, hech kim chekinmayapti. Bularning hammasi fantaziya. Xotirjam yashayapmiz, rivojlanyapmiz”, — deya ma’lum qildi “ma’muriyat” vakili Kirill Stremousov “TASS”ga. Uning so‘zlariga ko‘ra, “G‘arb Ukraina hukumatidan ma’lum bir harakatlarni talab qilmoqda, Zelenskiy esa qandaydir chora ko‘radigan holatda emas, shuning uchun ham tinch aholini o‘qqa tutishmoqda”.

    Xersonning uch nafar fuqarosi Belarusning “Zerkalo” nashriga ma’lum qilishicha, shaharda janglar bo‘layotgani yo‘q. Shu bilan birga, ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan tunda portlashlar tovushlari odatdagidan ko‘ra ko‘proq eshitilgan. Rossiyalik harbiy muxbir Roman Saponkov Xerson va Nikolayev viloyatlari chegarasidagi Davidov Brod qishlog‘i yaqinida (Xersondan taxminan 100 km uzoqlikda) bo‘lib qaytganini aytib berdi. Uning aytishicha, tushirilgan desantlar shu zahoti jangga kirishib ketganini ko‘rgan. Ayni vaqtda Saponkov qo‘shinlarning bir qismi chekingani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan: “Ertalabdan ittifoq qismlari juftakni rostlash bo‘yicha suriyacha normativni bajardi. Safarbar qilingan erkaklar, ularni ayblashim qiyin. Doimiy xizmatdagi desantlarning kam-kemtiklarini tuzatishadi”.

    Bosib olingan Novaya Kaxovkada 29-avgust kuni o‘qqa tutishlar tufayli ish joylaridan evakuatsiyalar haqida e’lon qilindi. Ukraina tomoni ham Novaya Kaxovka yaqinida joylashgan Berislav shahrida mashinasozlik zavodiga zarba berilgani haqida ma’lum qildi. Ularning talqiniga ko‘ra, zavodda Rossiya armiyasining texnikasi va o‘q-dorilari bo‘lgan, shuningdek, rossiyalik harbiylar ham bo‘lgan. Gumenyuk bosib olingan hududlar aholisini pana joy topishga chaqirdi va “hozir voqealar rivoji juda tez bo‘layotganini, vaziyat shiddat bilan o‘zgarayotgani”ni aytdi.

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ma’lum qildi. Muassasa talqini bo‘yicha, UQK Nikolayev va Xerson viloyatlarida uchta yo‘nalishda hujum qilgan, ammo “katta talafotlar” ko‘rgan. “Janglar chog‘ida Ukrainaning 26 ta tanki, 23 ta piyoda qo‘shinlari jangovar mashinalari, to‘qqizta boshqa jangovar zirhli mashinalar yo‘q qilindi, ikkita Su-25 samolyoti urib tushirildi. Dushman tomonning askarlar bo‘yicha talafoti 560 kishini tashkil qildi. Dushmanning hujum harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi urinishi sharmandalarcha muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, — deya da’vo qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi. UQK Bosh shtabi o‘zining kechki ma’lumotnomasida hujum haqida hech qanday xabar bermadi.

    Keyinroq CNN Ukraina armiyasidagi manbasiga tayanib, UQK Xerson viloyatida to‘rtta qishloqni ozod etganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Tomina Balka, Pravdino, Novodmitrovka va Arxangelskoye qishloqlari haqida bormoqda. “Ko‘ramiz, bundan keyin nima bo‘larkan. Bizning nishonimiz — Xerson”, — dedi CNN manbasi.

    30.08.2022, 09:24   Izoh (0)   14581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Myunxendagi mehmonxonada haykal qulab tushishi oqibatida 7 yoshli qiz halok bo‘ldi

    30.08.2022, 00:32

    Hillari Klinton raqs mojarosi fonida Finlyandiya bosh vazirini qo‘llab-quvvatlab, Twitter’da izoh qoldirdi

    29.08.2022, 18:43

    Borrel rossiyaliklar uchun vizani to‘liq taqiqlash g‘oyasi Yevropa Ittifoqida bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanmasligini aytdi

    29.08.2022, 16:48

    Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli og‘ir qiyinchiliklarga duch keladi — Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel

    29.08.2022, 16:07

    Dnepr ustida 430 metrlik Ukraina bayrog‘i. Slavyanskdagi vayronagarchilik. Urushning 186-kunidan fotoreportaj

    29.08.2022, 15:51

    “Dunyo yadroviy quroldan abadiy voz kechishi kerak”, — BMT bosh kotibi

    29.08.2022, 14:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.