Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 31-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 29,36 so‘mga ko‘tarilib, 10 930,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 105,76 so‘mga oshib, 10 966,08 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,07 so‘mga ko‘tarilib, 179,77 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushib, 10 900,65 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham pastlagandi.
Izoh (0)