Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumani Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan 11 milliard so‘m kamomadga yo‘l qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat o‘rganilganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, kamomadga yo‘l qo‘yilgani bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 184-1-moddasi (budjet va smeta-shtat intizomini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar to‘liq undirilgan.
Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)