“Olimpik” klubi Superliga 17-turida “So‘g‘diyona”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Birinchi davrada Temur Kapadze shogirdlari Jizzax jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Yosh futbolchilardan tashkil topgan klub joriy mavsum ayni vaqtda musobaqa jadvalining yuqori to‘rtta pog‘onasida turgan jamoalarga yutqazmadi.
“Paxtakor” bilan har ikki o‘yin 1:1 hisobi bilan tugagan. “Nasaf” bilan 2:2 va “Navbahor” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan.
Umumiy hisobda “Olimpik” hozirga qadar top-4 lik jamoalaridan 13 ochko tortib oldi.
Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” klubi 2020-yilda Parij—2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik dasturi doirasida tashkil etilgan. Uning tarkibi asosan o‘zbek klublari asosiy tarkibiga kira olmayotgan va yoshlar jamoalarida harakat qilayotgan futbolchilardan tashkil topgan.
Izoh (0)