Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani faoliyatini “Valensiya”da davom ettiradi.
Ispan klubi 35 yoshli futbolchi bilan 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
Kavani 2021/22-yilgi mavsum yakunida “Manchester Yunayted”ni erkin agent maqomida tark etgandi.
O‘tgan mavsum Edinson Premyer Ligada 15 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita golga mualliflik qilgan.
Kavani faoliyati davomida “Danubio”, “Palermo”, “Napoli” va “PSJ” jamoalari safida ham harakat qilgan.
Izoh (0)