“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski La Liga 3-turi doirasida “Valyadolid”ga qarshi kechgan o‘yinda (4:0) dubl qayd etdi.
Polshalik futbolchi La Ligadagi dastlabki uchta turida to‘rtta gol urdi. Levandovski “Barselona” safida ushbu natijani qayd etgan XXI asrdagi ilk futbolchi bo‘ldi.
Umumiy olganda so‘nggi bor Radamel Falkao 2011-yil “Atletiko” safida La Ligadagi dastlabki uchta o‘yinida to‘rtta gol urgandi.
Izoh (0)