Haftaning birinchi yarmida, shuningdek, bayram kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoning o‘zgarishi kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, haftaning birinchi yarmida va bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati haftaning birinchi yarmida 33-35 daraja atrofida bo‘ladi. Bayram kunlari 33-37 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari va ertalabki soatlarda 13-18 daraja atrofida bo‘lgan qulay harorat kuzatiladi.
Izoh (0)