Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yer maydonini aldab sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda “Postda” xabar qildi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor tadbir o‘tkazgan. Jarayon davomida fuqaro F.Sh. Qorovulbozor tumani “Bo‘zachi” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 2,4 gektar ekin yer maydonini boshqa bir fuqaro F.ga sotmoqchi ekani aniqlangan. U yer maydoni o‘ziniki ekanini aytib, 54 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 168-moddasi (firibgarik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)