27-avgust kuni tongda ijtimoiy tarmoqlarda “Chust yo‘lida ‘Jiguli’ va Lacetti to‘qnashgan, natijada ‘Jiguli’ ag‘darilib, butkul yonib ketgan” deya tarqalgan xabarga rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, 27-avgust kuni Chust tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 101 qisqa raqamiga soat 3:45 da PR-112 Farg‘ona halqa yo‘lining 52 kilometrida Namangan–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti va “VAZ 2107” ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lib, “VAZ 2107” avtomashinasi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga yuborilgan va qutqaruvchilar tomonidan yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bor, hozirda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)