• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilmagani uchun ham tinch va baxtli yashaydigan Enrike Iglesias va Anna Kurnikovaning muhabbat siri nimada?

    AdMe nashri ko‘p yillar davomida shou-biznes olamidagi eng kuchli va yopiq juftliklardan biri hisoblangan Iglesias va Kurnikova o‘rtasidagi munosabatlar tarixi haqida ko‘proq ma’lumot olishga qaror qildi.

    Lotin amerikalik mashhur qo‘shiqchi bilan tanishishidan oldin Anna Kurnikova allaqachon mashhur va juda muvaffaqiyatli tennischi edi. Misol uchun, 2000-yilda sportchi WTA reytingida 8-o‘rinni egallaydi. Anna juftlik bahslarida dunyoning 1-raqamli o‘yinchisiga aylanadi. Biroq u yakkalik bahslarida hech qachon chempion bo‘lmagan. Mashhurligining shon-shuhrat cho‘qqisida uning ismi Google’dagi eng ko‘p qidirilgan nomlardan biri bo‘lgan

    Foto: East News

    Foto: East News

    2000-yillarning boshlarida Enrike o‘z vatanida ham, Ispaniyada ham, xorijda ham juda mashhur xonanda edi. U bir nechta albom chiqaradi, bir necha marta jahon bo‘ylab konsert gastrollari uyushtiradi. Va o‘sha paytdagi eng mashhur singllaridan biri “Bailamos” — Uill Smit ijrosidagi “Yovvoyi, yovvoyi G‘arb” filmining saundtreki edi. Kinofilm muvaffaqiyatli bo‘lmaydi, lekin qo‘shiq Qo‘shma Shtatlarda 1-raqamli xitga aylanadi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2001-yilda Iglesias o‘zining ingliz tilidagi ikkinchi “Escape” albomini chiqaradi. To‘plamdan shu nomdagi qo‘shiqqa klip suratga olishga qaror qilinadi. Rejissor Deyv Meyers Anna Kurnikovani klipda suratga tushishga taklif qiladi.

    “Escape” klipida Enrike va Anna o‘rtasidagi bir nechta bo‘sa olish sahnalari mavjud. Shuning uchun klip ekranlarga chiqqandan so‘ng, ommaviy axborot vositalari darhol yulduzlarni sevishganlarga chiqarishadi. Aytgancha, suratga olish paytida qo‘shiqchi Annani o‘pishdan bosh tortgani haqida mish-mishlar tarqaladi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Ammo Enrikening o‘zi bu gaplarni rad etadi:

    Ular Annani o‘pishni xohlamaganimni yozishibdi, go‘yo u gerpes bilan kasallanganmish, ammo bunday emas. Annani o‘pmaganimda ahmoq bo‘lardim. U ajoyib va ​​juda yoqimtoy qiz.
    Ushbu videoklip chiqqandan so‘ng jurnalistlar doimiy ravishda yulduzlarni birga suratga olib, juftlikni qo‘lga tushirishga harakat qilishadi. Ammo qo‘shiqchi va tennischi ular o‘rtasida sevgi borligini tasdiqlamaydi, hech qanday izoh bermaydi va birgalikda jamoatchilikka ko‘rinishmaydi.

    Faqat 2002-yilda Enrike va Anna MTV Awards taqdirlash marosimida paydo munosabatlariga oydinlik kiritadi. Sevishganlar sifatida qizil gilamda birinchi marta suratga tushganlarida ular jilmayib, qo‘l ushlashadi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Ko‘p vaqt o‘tmay ular Iglesiasning ko‘chmas mulki bo‘lgan Mayamida birga yashay boshlaydilar. Shu tarzda ular yashirin hayot tarzini davom ettiradilar. Mazkur yillar davomida Anna va Enrike munosabatlarini qonuniylashtirganmi, to‘y o‘tkazganmi yoki yo‘qmi, bu haqda rasmiy ma’lumot yo‘q.

    2011-yilda Anna “Ayollar salomatligi” jurnaliga bergan intervyusida shunday degan edi:
    Nikoh men uchun muhim emas. Men baxtliman – muhimi shu. Men samimiy bo‘lishga, bir-birimizga ishonishga va bir-birimizni to‘liq hurmat qilishga ishonaman.
    O‘sha yili Enrike ham intervyusida shunday deydi:
    Men shaxsiy hayotim iloji boricha maxfiy bo‘lishini xohlayman. Ayniqsa, o‘zing kabi mashhur va e’tibor markazida bo‘lgan odam bilan yashasang.

    Foto: East News

    Foto: East News
    Keyinchalik Iglesias va Kurnikovaning ajralishi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo bu ma’lumot tasdiqlanmadi. Ammo 17 yillik munosabatlardan so‘ng, qo‘shiqchi hamma narsani tashlab, Anna bilan ajrashishni xohlagan davrlari ham bo‘lganini tan oladi. Ammo sevgilisini qaytarish va mojaroni yumshatish uchun Enrike “Enamorado Por Primera Vez” qo‘shig‘ini yozadi.
    Men bu qo‘shiqni kechirim so‘rash uchun yozganman. Yozish — bu mening terapiyam, deydi ispaniyalik macho. Bu harakat ish berdi va ular birgalikda baxtli yashashda davom etishdi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Enrike va Anna birinchi marta 2017-yilning dekabrida farzandli bo‘lishdi — egizaklar Nikolay va Lyusi dunyoga keldi. Qizig‘i shundaki, sportchining homiladorligini ko‘pchilik bilmay qolgan va xonanda Budapeshtdagi konserti chog‘ida bolalari tug‘ilishi haqida ma’lum qilgan. Muxlislar bu xabardan hayratda qolishadi.

    Farzandli bo‘lgandan so‘ng, er-xotin ijtimoiy tarmoqlarda yoqimli oilaviy fotosuratlarni baham ko‘rishni boshladilar.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2020-yilning yanvarida Anna 3-farzandi — qizi Merini dunyoga keltirdi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Kurnikova o‘zining Instagram’ida eri va bolalari bilan tushgan fotosuratlar va videolarni bo‘lishishiga qaramay, er-xotin shaxsiy hayotlarining tafsilotlarini jurnalistlar bilan muhokama qilishga shoshilmayapti.

    Foto: East News

    Foto: East News
    Enrikening fikricha, baxtli oilaviy munosabatlar siri oilangiz bilan imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazishdir.
    Hozir men karyeramning o‘z ish jadvalimni xohshimga qarab tanlashim mumkin bo‘lgan bosqichidaman. Ketma-ket 2 haftadan ko‘proq vaqt davomida uydan chiqmasligim ham mumkin, deydi qo‘shiqchi.

    Foto: East News

    Foto: East News
    U farzandlari dadasining qo‘shiqlarini eshitganda qanday munosabatda bo‘lishlari bilan o‘rtoqlashdi:
    Ular har safar qo‘shiqlarimni eshitganlarida ovozimni taniydilar — bu juda zo‘r. Ammo ular “Escape” klipini tomosha qilishganda hech narsani tushunmaganga o‘xshaydi — “Oyim dadamning yonida nima qilyapti? Bu qachon bo‘lgan?” Rostini aytsam, ularning yuzidagi ifodalarni ko‘rish juda maroqli.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Kurnikovaning karyerasiga kelsak, Anna belidagi jiddiy muammolar tufayli 2003-yilda professional tennisdan ketgan. Ungacha vaqti-vaqti bilan u ko‘rgazmalarda va juftlik bahslarida o‘ynab turgandi. Bir muncha vaqt tennischi televideniyeda ham ishlagan. Anna hozir 41 yoshda.

    Foto: East News

    Foto: East News

    47 yoshli Enrike Iglesias esa hali ham yangi qo‘shiqlarni taqdim etishdan charchamaydi, konsertlar beradi. Ayni paytda u Lotin Amerikasi musiqasining eng ko‘p albomi sotilgan san’atkorlaridan biri — albomining butun dunyo bo‘ylab sotuvi 70 million nusxadan oshadi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Aytgancha, 2003-yilda Iglesias o‘ng yonog‘idagi xolni olib tashlash uchun operatsiya qildirganini ko‘pchilik bilmaydi. Qo‘shiqchi shifokorlarning vaqt o‘tishi bilan xol saraton kasalligiga aylanishi mumkinligi haqidagi tashxisidan so‘ng shu qarorga kelgan.

    26.08.2022, 18:22   Izoh (0)   17929
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Taniqli aktyor Farhod Badalov o‘z hamkasbi tomonidan pichoqlandi

    26.08.2022, 16:01

    Silvestr Stallonening rafiqasi ajrashishga ariza berdi. Aktyor uning surati tushirilgan tatiurovkasi ustiga itining rasmini chizdirdi (foto)

    26.08.2022, 15:18

    “Bu yerda qolib ketishni istamasligimni ich-ichimdan his etaman”. “Sardor” serialidagi serjant Durdona Tursunboyeva AQSHda qadoqlovchi sifatida ish boshlab, brilli...

    26.08.2022, 12:40

    “Rak bo‘lib qoldim, ikki yil umrim qolibdi, desam ham unashmagan”. Rahmonali Suropov “Qalpoq”ning Alfiya kampir tufayli “zapret”ga tushgani haqida (video)

    26.08.2022, 10:43

    Instagram: Ota-onasiga syurpriz tayyorlagan Parizoda, turmushga chiqayotgan Zara Shirinova, Luizaning jahlini chiqarishdi

    25.08.2022, 22:46

    “O‘sha kuni farzandim kasal edi”. Sobiq “Million”chi Umid Haydarov internetda tarqalgan videosi hamda sudlanayotgani haqida (video)

    25.08.2022, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.