• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Urush boshlanganiga olti oy bo‘ldi: qanday qilib Rossiya iqtisodiyoti kutilganidan yaxshiroq bo‘lmoqda?

    Ukrainadagi urush boshlanganiga kecha, 24-avgust kuni olti oy bo‘ldi. Bu davr ichida Rossiyaga qarshi AQSH va Yevropa Ittfioqi ko‘plab sanksiyalar qo‘lladi. Mutaxassislar sanksiyalar fonida Rossiya iqtisodiyoti parchalanib ketishini kutgan edi. The Economist jurnali qanday qilib Rossiya iqtisodiyoti kutilmalarni yengib o‘tayotgani haqida so‘z yuritdi. 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri, Rossiya Markaziy banki va rasmiy statistika agentligi Rosstat savdodan tortib investitsiyagacha bo‘lgan barcha sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni nashr etishni to‘xtatdi. 

    Ko‘pchilik paydo bo‘layotgan raqamlarning ishonchliligini shubha ostiga oladi. Investitsiya banklari endi mijozlarga Rossiya kompaniyalari bo‘yicha maslahat bermay, tadqiqot ishlarini orqaga surmoqda. Ko‘p tomonlama tashkilotlar iqtisodchilarni mamlakatdan chiqarib yubordi.

    Urushdan keyin Rossiya iqtisodiyoti qanday ahvolda ekanligi haqida qizg‘in bahs-munozaralar avj oldi. 

    Yaqinda Yevropa lttifoqi universitetining besh tadqiqotchisi tomonidan katta qiziqishga sazovor bo‘lgan maqolada aytilishicha, G‘arb firmalarining chekinishi va sanksiyalar Rossiyani “majruh” qilmoqda. 

    Har qanday ko‘rinadigan iqtisodiy kuchlar sarobdir. Putin tanlagan statistik ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida beparvolik bilan tarqatiladi va ko‘plab mutaxassislar tomonidan Kreml uchun haqiqiy bo‘lmagan lekin yoqimli prognozlarni yaratishda foydalaniladi, — deydi tadqiqotchilar. 
    Iqtisodiyot qulayotgani yo‘q, deb yozadi Rossiya kuzatuvchisi Kris Uifer yaqinda chop etilgan maqolada.

    Aslida haqiqat qanday?

    Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan so‘ng uning iqtisodiyoti erkin ravishda pasayib ketdi. Rubl dollarga nisbatan o‘z qiymatining 75 foizini yo‘qotdi. 

    Qimmatli qog‘ozlar bozori qulab tushdi, bu regulyatorlani savdoni to‘xtatishga majbur qildi. G‘arb kompaniyalari Rossiyadan chiqib keta boshladi.

    Bir oy ichida tahlilchilar 2022-yilda Rossiya yalpi ichki mahsuloti bo‘yicha prognozlarini 2,5 foizdan 10 foizga yaqin pasayishgacha qayta ko‘rib chiqdi. Ayrimlar bundan ham pastroq prognozlarni kutayotgan edi. 

    Mutaxassislar Rossiyaning yalpi ichki mahsuloti bu yil 15 foizgacha qisqarishini bashorat qilmoqda, bu esa so‘nggi 15 yildagi iqtisodiy yutuqlarni yo‘q qiladi, — degan edi Oq uy.
    Rossiya hukumati va boshqa tahlilchilar ham mamlakat iqtisodiyoti zarar ko‘rayotganini bahs-munozaralarsiz tan olmoqda. 

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Iqtisodiyot bahorda foiz stavkalarining keskin o‘sishi va qulab tushayotgan rublni barqarorlashtirish uchun mo‘ljallangan chora-tadbrilar fonida barqarorlasha boshladi.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yilning ikkinchi choragida yalpi ichki mahsulot yiliga 4 foizga kamaydi. 

    Sanksiyalardan zarar ko‘rgan Rossiya sanoatini to‘liq tushkunlikda deyish mumkin. Rossiyalik ko‘plab ziyoli odamlar o‘z yurtini tark etayotgan bo‘lsa, boshqalar aktivlarini mamlakat tashqarisiga o‘tkazmoqda. 

    2022-yilning birinchi choragida, mavjud bo‘lgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijliklar 15 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni olib chiqib ketgan, bu rekord darajadagi eng yomon ko‘rsatkichdir. 

    Biroq, may oyida Rossiyaning Gruziyaga pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga nisbatan dollar ko‘rinishida hayratlanarli darajada o‘n baravar ko‘p edi. Bunga rublning bir yil ichida dollarga nisbatan ko‘tarilgani ham sabab bo‘lgan. 

    The Economist jurnalining turli manbalardan olingan ma’lumotlar tahlili Rossiya iqtisodiyoti hatto eng yaxshi prognozlardan ham yaxshiroq ishlayotganini ko‘rsatmoqda. 

    Masalan, Rossiyada uglevodorodlar savdosi joriy hisobdagi rekord darajadagi foydani keltirib chiqardi. 

    Butun dunyoda retsessiya xavfi oshib borayotgan bir paytda, Rossiyaning o‘zgaruvchan standartlari bo‘yicha mamlakatda bu xavf yuqori darajada emas. 

    JPMorgan Chase banki tomonidan chop etilgan hujjatga ko‘ra, iyun oyida Rossiyada sanoat ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 1,8 foizga kamaydi. 

    Mamlaktda elektr iste’moli dastlabki pasayishdan keyin yana o‘sib bormoqda. Tovarlarga bo‘lgan talabning aks ettiruvchi temir yo‘l yuklari soni ham ko‘paymoqda.

    Ayni paytda Rossiyada inflyatsiya pasayishni boshlagan. 2022-yil boshidan may oyining oxirigacha iste’mol narxlari qariyb 10 foizga oshdi. 

    Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, narxlar pasayishni boshlagan bo‘lsada, ommaviy bayonatlarda Rossiya Markaziy banki inflyatsiyadan havotirda. 

    Kuchli rubl import narxini pasaytirdi. Buning ortidan rossiyaliklarning inflyatsiyon kutilmalari ham tushib ketdi. 

    Narxlar va ishsizlik qanday o‘zgardi?

    Rossiyada aholi tomonidan kelasi yil kutilayotgan inflyatsiya mart oyida 17,6 foizga teng bo‘lgan edi. Iyul oyida esa bu ko‘rsatkich 11 foizgacha pasaydi.  

    Yevropa kabi Rossiyada ham energiya narxining oshishi oqibatida inflyatsiya yuqorilab ketishi kutilmayapti, chunki mamlakatda katta miqdorda gaz bor. 

    Narxlarning tusha boshlagani uy xo‘jaliklariga salmoqli miqdorda yordam berishi qiyin.  

    Rossiyada ishsizlik darajasi iyun oyida eng past ko‘rsatkich — 3,9 foizga yetdi. Biroq bu chalg‘ituvchi. 

    Ko‘pgina kompaniyalar xodimlarni ishdan bo‘shatdi, ba’zilari esa ishdan bo‘shatishni ro‘yxatdan o‘tkazmaslik uchun xodimlarga maosh berishni to‘xtatdi. 

    Ammo ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar haqida ko‘p dalillar yo‘q. Rossiyaning HeadHunter ish o‘rinlari sayti ma’lumotlari ish izlovchilarning bo‘sh ish o‘rinlariga nisbati yanvar oyida 3,8 barobardan may oyida 5,9 barobargacha ko‘tarilganini ko‘rsatadi. Bu ish topishni avvalgiga qaraganda qiyinlashtiradi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Rossiyaning eng yirik kreditori “Sberbank” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha real ish haqi bahordan beri keskin oshgan.

    Qisman mehnat bozori ushlab turilganligi sababli, odamlar xarajatlarni davom ettirishlari mumkin. “Sberbank” ma’lumotlari iyul oyida real iste’mol xarajatlari yil boshidan deyarli o‘zgarmaganini ko‘rsatgan. 

    Rossiya importi bahorda keskin pasayib ketgan edi. Bunga sabab esa ko‘pgina Yevropa kompaniyalari yetkazib berishni to‘xtatgani bo‘ldi. 

    Shunga qaramay, pasayish so‘nggi standartlarga ko‘ra jiddiy emas va import hozirda avvalgi holiga qaytishni boshlagan.

    Rossiya qanday qilib prognozlarni yengib o‘tmoqda?

    Buni uchta omil tushuntirsa bo‘ladi. 

    Birinchisi — siyosat. Vladimir Putin iqtisodni juda kam tushunadi, lekin u iqtisodiyotni boshqarishni shu bilan shug‘ullanadigan odamlarga topshirishdan xursand. 

    Rossiya Markaziy banki iqtisodiy inqirozning oldini olish uchun tezkor choralar ko‘rgan yuqori malakali kadrar bilan to‘ldirilgan. Fevral oyida foiz stavkalarining ikki baravar oshishi kapital nazorati bilan birgalikda rubl kursini mustahkamladi va inflyatsiyani pasaytirishga yordam berdi. 

    Markaziy Bank raisi Elvira Nabiullina, garchi bu uni mashhur shaxsga aylantirmasa ham, narxlarni ushlab turishga jiddiy yondashayotganini keng jamoatchilik biladi.

    Ikkinchisi yaqin iqtisodiy tarixga tegishli. 2022-yilda sanksiyalar ortidan jabr ko‘rgan Rossiya uchun bu 25 yil ichida yuz bergan beshinchi inqirozdir.

    Mamlakat bundan avval 1998, 2008, 2014 va 2020-yillarda iqtisodiy inqiroz holatida bo‘lgan. Rossiyadagi 40 yoshdan oshgan har bir kishi Sovet Ittifoqi parchalanishi oqibatida yuzaga kelgan favqulodda iqtisodiy inqirozni ham yaxshi eslaydi. Mamlakatda odamlar yillar davomida vahima qilish o‘rniga moslashishni o‘rgangan. 

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Uchinchi omil uglevodorodlarga tegishli. Xalqaro energetika agentligining yaqinda e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, sanksiyalar Rossiya neft qazib olishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmadi. 

    Urushdan beri Rossiya bu mintaqada Yevropa Ittifoqiga 85 mlrd dollarlik qazilma yonilg‘i sotdi. Hukumatga qarshi sanksiyalarni hisobga olsak, Rossiya shu tarzda to‘plangan xorijiy valyutani qanday sarflashi sir bo‘lib qolmoqda. 

    Rossiya iqtisodiyotining bir qismi uzoq vaqtdan beri dunyodan ancha uzilib qolgan. 2019-yilda mamlakatga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 30 foizni tashkil etdi. Jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 49 foiz hisoblanadi. 

    Urushdan oldin rossiyaliklarning atigi 0,3 foizi Amerika kompaniyasida ishlagan bo‘lsa, butun dunyo bo‘ylab bu ko‘rsatkich 2 foizdan ko‘proq edi. 

    Mamlakat iqtisodiyoti qolgan davlatlarga nisbatan kamroq xomashyo import qilishni talab qiladi. Shunday qilib, qo‘shimcha izolyatsiya hozirgi kunga qadar raqamlarga katta ta’sir ko‘rsatmadi.

    25.08.2022, 11:18   Izoh (0)   39942
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryodan uchta tuman: O‘zbekistonda qaysi hududlar piyoz ekishga ixtisoslashtirilgani ma’lum bo‘ldi

    24.08.2022, 16:27

    Yuqori harorat elektr taqchilligini keltirib chiqargani sabab Xitoy yana ko‘mirga qaytmoqda

    24.08.2022, 14:56

    Sanksiyalar keskinlashgani sababli Rossiya Osiyoga yoqilg‘i eksportini kuchaytiradi

    24.08.2022, 12:31

    OPEK+ Eron nefti sabab xomashyo qazib olishni qisqartirishi mumkin

    24.08.2022, 12:09

    O‘zbekistonda qovun yetishtirish bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum bo‘ldi

    23.08.2022, 21:14

    Bug‘doy arzonladi, gaz qimmatlamoqda: Ukrainadagi urush olti oy ichida global narxlarga qanchalik ta’sir qildi?

    23.08.2022, 20:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.