Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozorida sanitariya tartib qoidalariga javob bermaydigan go‘sht mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari bilan birgalikda ushbu dehqon bozori va uning atrofidagi obyektlardagi noqonuniy savdo faoliyati, sanitar-gigiyenik holati bo‘yicha reyd o‘tkazgan.
Nazorat reyd tadbirlari natijasida bozorda sanitariya tartib qoidalariga javob bermaydigan quyidagi mahsulotlar brokeraj qilingan:- qiyma — 8 kilogram;
- go‘sht mahsulotlari — 12 kilogram;
- tovuq bo‘ynlari — 25 kilogram;
- tovuq qanotlari — 17,1 kilogram.
Tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan subyektlarda sanitariya qoidalariga amal qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini sifat va xavfsizlik yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazilgan. Aholiga sog‘lom turmush tarzi, botulizm va ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish, sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borilgan.
Izoh (0)