O‘zbekistonda 2022-yilning 7 oyida 10 621 nafar egizak tug‘ilgani qayd etilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 250 nafarini 3 va undan ortiq egizak tug‘ilganlar tashkil etgan.
Yanvar—iyul oylarida ikki nafar egizak tug‘ilganlar soni hududlar kesimida quyidagicha bo‘lgan:
- Samarqand viloyati — 1245 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 1071 nafar;
- Toshkent shahri — 976 nafar;
- Namangan viloyati — 944 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 929 nafar;
- Surxondaryo viloyati — 897 nafar;
- Andijon viloyati — 889 nafar;
- Toshkent viloyati — 872 nafar;
- Buxoro viloyati — 507 nafar;
- Jizzax viloyati — 489 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 461 nafar;
- Xorazm viloyati — 459 nafar;
- Navoiy viloyati — 354 nafar
- Sirdaryo viloyati — 278 nafar.
Izoh (0)