Surxondaryo viloyati Uzun tumanida firibgarlik jinoyatini sodir qilgan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, B.S. ismli shaxs Uzun tumanida 2020-yil fevral oyida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanilgan.
B.S. 8-avgust kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurgani aniqlanib, ushlangan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekiston IIV Interpol MMB xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosini ekstraditsiya qildi
- O‘ta yirik hajmdagi o‘g‘rilik sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak AQSHdan ekstraditsiya qilindi
- O‘zbekistonning 4 ta hududida yer sotish va qurilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlar ushlandi (video)
Izoh (0)