Toshkent shahri Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi. O‘zAning ma’lum qilishicha, tumanga yangi prokuror va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ham tayinlangan.
Qayd etilishicha, Jahongir Murodov Chilonzor tumani prokurori etib tayinlangan. Tayinlovga qadar u Bekobod shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Alisher Murodullayev Chilonzor tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangan. Tayinlovga qadar u Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)