Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti — suratlarda
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun. 22-avgust kuni tadbirkorlar bialn ochiq muloqot o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev muloqotda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha tashabbuslarni bildirdi.
Ochiq muloqotda biznesga oid qator yaxshi yangiliklar ham e’lon qilindi. Xususan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.
Endilikda aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiriladi. Bundan tashqari, tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi.
“Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman ushbu ochiq muloqotdan fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)