Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning 7 oyida xorijga qiymati qariyb 19 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 38,2 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.
Olxo‘ri eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 23,3 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 22,8 ming tonna;
- Rossiya – 13,8 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 1,5 ming tonna;
- Belarus – 98,6 tonna;
- Mongoliya – 19,8 tonna.
Izoh (0)