“O‘zgidromet” 20-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
20-avgust kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 24–27 metr/sekundga yetishi mumkin. Havo harorati 27–32 daraja bo‘ladi.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol shimoli-sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 29–31 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat harorati 20–25 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)