2022-yil iyul oyida Yaponiyada iste’mol narxlari 2021-yil iyuliga nisbatan 2,6 foizga oshdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligiga tayanib “Interfaks” xabar bermoqda.
Inflyatsiya iyun oyida 2,4 foiz bo‘lgan edi. O‘sish sur’atlari 2014-yil aprel oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, iste’mol narxlari ketma-ket 11 oy davomida o‘sdi.
Iste’mol narxlari o‘sishining tezlashishi Ukrainadagi mojarolar fonida yonilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishi, yapon iyenasining keskin qadrsizlanishi bilan bog‘liq.
Yaponiyada o‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari 4,4 foizga, yonilg‘i va kommunal xizmatlar 14,7 foizga, kiyim-kechak va poyabzal 1,4 foizga, mebel 3,9 foizga qimmatlashgan.
Shu bilan birga, transport xizmatlari 0,2 foizga, tibbiy xizmat 0,8 foizga arzonlashdi.
Avvalroq Yaponiya hukumati yoshlarni ko‘proq spirtli ichimliklar iste’mol qilishga undovchi g‘oyalar tanlovini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)