Mashhurlar dam olish maskanlariga uchib, konsertlar berib, yangi filmlar suratga olinayotgan bir paytda texnologiyalar ham to‘xtab qolmayapti. Bugun sizni befarq qoldirmaydigan eng so‘nggi gadjetlar haqida so‘z yuritamiz.
Suzish uchun aqlli ko‘zoynak
Form kompaniyasi suzuvchilar uchun yangi Smart Swim 2 qurilmasini ishlab chiqardi. Bu suzish mashg‘ulotlari uchun qulay bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarning yangi modeli. U 12 soat davomida quvvatlanmasdan ishlaydi va foydalanuvchiga yurak urish tezligi, harakatlar soni, bosib o‘tilgan va maqsadgacha qolgan masofani ko‘rsatib turadi.
Yangi Unitree roboti
Unitree kompaniyasi o‘z robotlariga nimalarni o‘rgatmadi deysiz. Yaqinda ularning mahoratlar ro‘yxatiga salto va jang qilish ko‘nikmalari qo‘shildi — bularning barchasini Unitree R1 yangi modelida ko‘rish mumkin.
LG’dan ulkan planshet
LG StanbyME 2 kitob o‘qish, film tomosha qilish va o‘yinlar o‘ynash imkonini beradi. Xohlasangiz, uni hatto rasm o‘rniga devorga osib qo‘yishingiz mumkin. Faqat har 4 soatda quvvatlash uchun joyidan olishga to‘g‘ri keladi.
Sun’iy intellektli axlat chelagi
HTX Studio xodimlari ofisdagi chiqindi miqdorini kamaytirish usulini o‘ylab topdi. Ular chelaklarga g‘ildiraklar o‘rnatib, ularga mumkin bo‘lgan hamma narsani tutishni o‘rgatishdi. Hatto tozalash jarayoni ham avtomatlashtirilgan.
Eng tez elektr samokat
Bo kompaniyasi muhandislari eng tezkor elektr samokatni yaratdi. U ikki elektromotor va 240 kilometr masofaga yetadigan akkumulyator bilan jihozlangan. Hozirda uning maksimal tezligi soatiga 137 kilometrni tashkil etadi. Kelajakda ishlab chiqaruvchilar 160 km/soat tezlikka erishishni maqsad qilgan. Bu transport vositasining narxi deyarli 30 000 dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)