Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida ikkita mashina yonib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Spark va Gentra avtotransport vositalari yonib ketgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan o‘rganish yakuni bilan qo‘shimcha axborot beriladi.
Izoh (0)