AQSHning birinchi xonimi Jill Baydenda koronavirus testi ijobiy ko‘rsatgich berdi. Bu haqda Amerika prezidentining rafiqasi matbuot kotibligiga tayanib, “Meduza” nashri xabar bermoqda.
Hisobotda aytilishicha, 71 yoshli Jill Bayden dushanba (15-avgust) kungi testi manfiy chiqqan. Biroq keyin unda kasallik alomatlari paydo bo‘la boshladi. Shundan so‘ng, antigen testi manfiy, ammo PZR testi musbat chiqqan.
Jill Bayden hozir Janubiy Karolinadagi qarorgohda. U koronavirus testidan ikkita manfiy natijani olganidan keyingina Oq uyga qaytadi. Davolash uchun unga Paxlovid kursi buyurilgan.
AQSH prezidenti rafiqasining so‘zlariga ko‘ra, unda kasallikning yengil alomatlari bor.
Bungacha u koronavirusga qarshi emlashning to‘liq kursini olgan va ikki marta qayta emlangan edi.
Mavzuga doir: AQSH prezidenti Jo Baydenda yana koronavirus aniqlandi
Izoh (0)