Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSH prezidenti Jo Baydenning koronavirus uchun topshirgan testi yana musbat natijani berdi. Bu haqda uning davolovchi shifokori Kevin O’Konnor ma’lum qildi. Bayonot Oq uy saytida chop etilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

21-iyul kuni Amerika yetakchisi koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan edi, biroq o‘shandan keyin 26—29-iyul kunlari o‘tkazilgan testlar natijalari manfiy bo‘lgan, dedi O’Konnor. 30-iyul kuni esa Baydenning COVID-testi musbat chiqqan.

Baydenning o‘zi unda kasallik alomatlari yo‘qligini ta’kidladi, shunga qaramay 79 yoshli siyosatchi o‘zini izolyatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan hafta koronavirus aniqlanganda Bayden muolaja uchun Pfizer kompaniyasining virusga qarshi “Pakslovid” preparatini qabul qilgan. Amerika ommaviy axborot vositalari, jumladan, The Washington Post nashrining yozishicha, ushbu preparatni qabul qilganlarda ba’zan qayta infeksiyalanish holatlari sodir bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi