Samarqand xalqaro aeroportida 27,3 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Jumladan, Istanbul–Samarqand yo‘nalishidagi aviareys bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro H.K. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida uning bagaj sumkasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada H.K. tomonidan bojxona organining og‘zaki so‘rovi vaqtida ma’lum qilinmagan hamda olib kirish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladigan, qiymati 27,3 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirayotgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)