Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga safaridan keyin ikki hafta o‘tar-o‘tmas, Amerika kongressmenlari delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan orolga keldi, deb yozadi “RBK”.

Alan Louental, Jon Garamendi, Donald Yu-Tyen Syuy, Don Bayer va Amata Koulman Radvagen

Alan Louental, Jon Garamendi, Donald Yu-Tyen Syuy, Don Bayer va Amata Koulman Radvagen
Foto: Twitter / @MOFA_Taiwan

Tayvanga Kongressning besh nafar a’zosi — demokrat senator Ed Marki va Vakillar palatasi a’zolari — demokratlar Jon Garamendi, Alan Louental, Don Bayer, shuningdek, respublikachi Amata Koulman Radvagen keldi. Ular orolda 14—15-avgust kunlari bo‘ladi, deb aniqlik kiritdi Tayvan Amerika instituti (u de-fakto mamlakatdagi AQSH elchixonasi faoliyatini amalga oshiradi).

Kongressmenlar qisman tan olingan davlat prezidenti Say Inven va Tayvan hukumatining boshqa vakillari bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalar, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik, iqlim o‘zgarishi va boshqa mavzularni muhokama qiladi.

Taiwan News yozishicha, delegatsiyaga rahbarlik qiluvchi Marki 1979-yilda Vakillar palatasi a’zosi sifatida Tayvan bilan aloqalar to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi uchun ovoz bergan bo‘lib, u Vashingtonning orol davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini ko‘zda tutadi.

Xitoy va Tayvan aloqalari orolga 2-avgust kuni AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining tashrifidan keyin keskinlashdi. XXR Tayvanni o‘z hududi deb hisoblaydi va uning Xitoy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan mamlakatlar vakillari bilan aloqalariga qarshi chiqadi, bunday muloqotlar uning suverenitetini buzadi, deb hisoblaydi. AQSH, o‘z navbatida, Pelosining safari ularning Tayvanga nisbatan siyosatiga muvofiq kelishini va “ziddiyat uchun hech qanday sabablar yo‘q”ligini qayd etdi.

Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga javoban Xitoy harbiylari o‘q otish mashqlari bilan dengiz va havo mashg‘ulotlarini boshladi.

AQSH, Yaponiya va Avstraliya tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Xitoyni zudlik bilan Tayvan yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatishga chaqirib, bu xatti-harakatlar “xalqaro tinchlik va barqarorlikka jiddiy ta’sir o‘tkazayotgani”ni ta’kidladi.

Pentagon qo‘mondonligi keskinlik fonida bir necha marta Xitoy armiyasi qo‘mondonligi bilan bog‘lanishga urindi, biroq ular qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi