Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerika Vakillar palatasi vakili Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi fonida yuqori mansabli Xitoy harbiylari AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari Mark Millining “ko‘p sonli” qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan. Bu haqda Politico o‘z manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Lloyd Ostin

Lloyd Ostin
Foto: Getty Images

Maqolada bu Pelosining orolga tashrifidan avval, tashrifi mobaynida yoki undan keyin yuz berganiga aniqlik kiritilmagan. Tashrifdan keyin Xitoy Tayvan yaqinida katta ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshladi.

5-avgust kuni Xitoy AQSH bilan xavfsizlik, jinoyatchilikka qarshi kurash va iqlim o‘zgarishi kabi qator masalalar bo‘yicha muloqotlarni to‘xtatishi yoki “muzlatib qo‘yishi” haqida ogohlantirgandi. Politico yozishicha, bu ikki mamlakat harbiy rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarga taalluqli bo‘lmasligi kerak.

Pelosining Xitoy o‘z hududi deb hisoblovchi Tayvanga tashrifi AQSH va XXR o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqardi. Xitoy rahbariyati Vashingtondan “o‘t bilan o‘ynashmaslik”ni va tashrifni bekor qilishni talab etdi; xitoylik propagandachilardan biri uning samolyoti urib tushirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Amerika delegatsiyasi reysini onlayn rejimda qariyb 3 million kishi kuzatdi.

Avvalroq Xitoy hukumati AQSH Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi tufayli unga va uning eng yaqin qarindoshlariga qarshi sanksiyalar kiritishga qaror qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi