Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samarqand shahrida xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, sentabr oyida o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan “Samarqand ruhi” loyihasi 10-avgustdan 10-sentabrga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu simpoziumda 7 nafar xorijlik (Rossiya, Eron, Hindiston, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston) va 6 nafar mahalliy haykaltarosh Zarband marmaridan, metall va materialdan ajoyib haykaltaroshlik namunalarini yaratadi.

O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi Samarqand shahrining “Vatanparvar” bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi