Toshkentning Muqimiy ko‘chasida joylashgan binolarning birida 9-avgust kuni yuz bergan yong‘in bartaraf etildi.
FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yuz bergan. Holat haqida shahar FVBga xabar soat 12:24 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:43 da qurshab olingan va soat 12:50 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida binoning tomi ichki qoplamasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
Izoh (0)