“Real” UEFA Superkubogi doirasida “Ayntraxt”ga qarshi bahs uchun Helsinkiga jo‘nab ketdi.
Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qaydnomaga 25 ta futbolchini, jumladan, “qaymoqranglilar”ning yangi futbolchilari Antonio Ryudiger va Orelyen Tchuamenilarni kiritdi.
“Aytraxt” esa hujumkor yarim himoyachisi Filip Kostich uchrashuvda maydonga tushmasligini ma’lum qildi. Serbiyalik futbolchi “Yuventus”ga o‘tish uchun muzokaralarda ishtirok etmoqda.
“Real” va “Aytraxt” o‘rtasidagi bahs 10-avgustdan 11-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Uchrashuvni Maykl Oliver boshchiligidagi angliyalik hakamlar boshqaradi. Unga VAR tizimida polshalik Tomash Kvyatkovchki yordam beradi. Mazkur o‘yinda UEFA tasarrufidagi musobaqalarda ilk bor ofsaydni aniqlaydigan yarimavtomat tizimdan foydalaniladi.
Izoh (0)