Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pishirilgan sabzavotlar juda foydali — ular vitamin va boshqa foydali moddalarni o‘zida saqlab qoladi. Katoshkani pechda pishirish ko‘p vaqt talab etmaydi, uning yoqimli isi ishtahani ochadi va mazasi esa og‘izda qoladi. Wday nashri pechda pishiriladigan kartoshkaning 5 xil retsepti bilan bo‘lishdi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Qobig‘i qizarib pishiriladigan kartoshka

Ushbu taomni turli retseptlar bo‘yicha pishirish mumkin. Kartoshka kundalik yoki bayramona dasturxon uchun pishiriladi, alohida taom yoki garnir sifatida iste’mol qilinadi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Kerakli mahsulotlar:

  • tozalangan kartoshka;
  • ziravorlar;
  • tuz;
  • zira;
  • o‘simlik yog‘i — bir necha osh qoshiq.
Xom kartoshka 1 santimetr qalinlikda kesib olinadi. Undan ortiqcha namlikni olib tashlash uchun qog‘oz salfetka bilan quritiladi. Bir idish ichiga ozgina o‘simlik yog‘ quyiladi, so‘ngra to‘g‘ralgan kartoshka solinadi. Ta’bga ko‘ra, tuz, zira va boshqa ziravorlar qo‘shilib, barchasi yaxshilab aralashtiriladi.

Yog‘langan yoki pergament bilan qoplangan pishirish varag‘i ustiga bir qatlamda kartoshkalar solinadi. 100-180 haroratda 10 daqiqa davomida pechda pishiriladi. Kartoshka qobig‘i oltin jigarrang bo‘lishi uchun pishirish jarayoni oxirida pechning haroratini oshiriladi.

Pishloq bilan pishiriladigan kartoshka

Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka — 1 kilogramm;
  • sarimsoq — 5 bo‘lak;
  • smetana  — 100 gramm;
  • gauda pishlog‘i — 100 gramm ;
  • muskat yong‘og‘i, tuz, murch, ko‘katlar.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Kartoshka qaynatib olingach, po‘chog‘idan tozalanadi. Pishirish varag‘iga avval maydalangan sarimsoq solinadi. Ustidan to‘g‘ralgan kartoshka va tuz, ziravor hamda muskat yong‘og‘i sepiladi. Smetana qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq bilan aralashtirilib, kartoshkaning ustiga bir xilda quyiladi. Pechda taxminan 100 daraja haroratda qizarguncha pishiriladi. Tayyor bo‘lgach ustiga ko‘katlar sepiladi.

Folga ichida pishirilgan kartoshka

Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka — 8-10 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • smetana — 100 gramm;
  • sarimsoq — 3 bo‘lak;
  • ukrop.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Kartoshka yaxshilab yuvib tashlanadi, har birini folga bilan o‘rab, pechda pishiriladi. Tayyor bo‘lgan kartoshkalar folga ichida kesiladi. Keyin sanchqi yordamida ichida pyure hosil qilinadi. To‘g‘ralgan sarimsoq smetana bilan aralashtiriladi. Piyoz mayda to‘g‘ralib, o‘simlik yog‘iga qovuriladi. Folga biroz ochilib, har bir kartoshkaning o‘rta qismiga ozgina qovurilgan piyoz solinadi, so‘ngra smetana sousi quyiladi. Ustidan mayda to‘g‘ralgan ukrop sepiladi.

Oddiy pishiriladigan kartoshka

Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka — 10 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • tuz, sarimsoq, quritilgan ko‘katlar.

Foto: Wday

Foto: Wday

Tozalangan kartoshkalr sovuq suvli idishga solinadi. Biroz vaqt o‘tgach, kartoshka uzunligi bo‘yicha 4 qismga bo‘ling. Ularni paket ichiga solib, ichiga o‘simlik yog‘i quyiladi, quritilgan ko‘kat va tuz qo‘shiladi. Ta’bga ko‘ra, maydalangan sarimsoq qo‘shish ham mumkin. Barcha mahsulotlar yaxshi aralashishi uchun paket qattiq silkitiladi. Pishirish varag‘i folga bilan yopiladi va ustiga kartoshka bo‘laklari qo‘yiladi. Bularning barchasini 100-110 darajada pechda pishiriladi.

Parhezbop kartoshka retsepti

Pechda pishiriladigan parhezbop kartoshka retsepti hech qanday qo‘shimchalarni talab qilmaydi. Pishirilgan kartoshka oshqozon-ichak trakti kasalliklari davrida yoki oddiygina vazn yo‘qotish uchun foydali bo‘lgan parhez taom hisoblanadi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Kartoshka tozalanib, quruq pishirish varag‘iga qo‘yiladi va uni 220 darajaga qadar qizdirilgan pechning pastki qismida taxminan bir soat davomida pishiriladi. Tayyor bo‘lgan kartoshkani zaytun moyi, tuz va ko‘katlar bilan iste’mol qilish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda