Daryo

Qahvadan tayyorlanadigan, tuxum qo‘shilmaydigan mazali keks retsepti

Yumshoq kekslarni o‘zingiz yoqtirgan mevalar bilan bezashingiz mumkin

1 daqiqa o‘qish32 482 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Barcha mahsulotlarni mikser bilan aralashtirib, qoliplarga taqsimlang va 10 daqiqa davomida pishiring. Qahva keksga xushbo‘y hid beradi. Yumshoq kekslarni o‘zingiz yoqtirgan mevalar bilan bezashingiz mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • ezilgan qahva — 1 qoshiq
  • shakar — 100 g
  • suv — 2 qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 60 ml
  • sut — 120 ml
  • un — 130 gr
  • pishiriq kukuni — 1 qoshiq
Tayyorlanishi:
  1. Bir piyolani olib, unga qahva, shakar va issiq suv soling. Kutilgan rangni hosil qilish uchun uni mikser bilan o‘rtacha tezlikda bir necha daqiqa aralashtiring.
  2. O‘simlik yog‘ini ham shu idishga soling va yana taxminan 1 daqiqa davomida aralashtiring.
  3. Uning ustiga iliq sut, un va pishirish kukunini qo‘shing. Yana mikser bilan yaxshilab aralashtiring.
  4. Keks idishlariga qog‘oz qolipni soling va ularning 4 dan 3 qismiga aralashmani quying.
  5. Kekslarni 10 daqiqa davomida 180 haroratli qizdirilgan pechga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar