“Profil” nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra, pomidor, baqlajon va sarimsoqli salatni tayyorlash juda oson. Salat kam masalliq talab qilsa-da, mazasi og‘izda qoladi.
Kerakli mahsulotlar:
- baqlajon — 2 dona;
- bodring — 3 dona;
- pomidor — 3 dona;
- sarimsoq — 2 bo‘lak;
- smetana — 3 osh qoshiq;
- o‘simlik yog‘i — 70 ml;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Baqlajon katta to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab olinadi.
- So‘ngra o‘rtacha olovda qizigan yog‘da qovuriladi.
- Bodring va pomidor ham katta to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
- Ko‘katlar mayda to‘g‘raladi.
- Qovurilgan baqlajon sovigach, to‘g‘ralgan sarimsoq qo‘shiladi.
- So‘ngra barcha masalliq aralashtirilib, smetana qo‘shiladi.
- Tuz va ziravorlar sepilib, yaxshilib aralashtirilgach, dasturxonga tortiladi.