Daryo

Quyultirilgan sutli xamiri qat-qat rogalik retsepti

Desert tayyorlash uchun 30 daqiqa vaqt sarflash kifoya

1 daqiqa o‘qish25 321 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra xamiri qat-qat rogalikni tayyorlash juda oson. Quyultirilgan sut esa desertga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotar:
  • xamirturushsiz qat-qat xamir — 450 gramm;
  • quyultirilgan sut — 200 gramm;
  • sut — 3 osh qoshiq;
  • shakar — 1 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Xamir 15-20 santimetr kenglikda to‘rtburchak shaklida yoyiladi.
  2. Yoyilgan xamir 8-10 ta to‘rtburchakka bo‘linadi. Har bir xamirning o‘rtasidan kesilib, uchburchak shakl hosil qilinadi.
  3. Uchburchak xamirlarning keng qismiga 1-2 choy qoshiqdan quyultirilgan sut solinib, rulet shaklida aylantiriladi.
  4. Pech oldindan 200 darajada qizdiriladi. Pishiriq varag‘iga pergamnet qog‘oz solinadi.
  5. Rogaliklar pishiriq varag‘iga terilib, ustidan sut surtiladi va shakar sepiladi.
  6. 15-20 daqiqa davomida shirinliklar qizargunga qadar pechda pishiriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar