Toshkent viloyatining Parkent tumanida 14 yoshli o‘smir tog‘asining o‘g‘lini otib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2-avgust kuni 2008-yilda tug‘ilgan E.E. Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi tog‘asining uyiga mehmonga kelgan. U yerda tog‘asining o‘g‘li M.T. (2007 yilda tug‘ilgan) bilan qushlarni ovlash maqsadida tog‘asiga tegishli bo‘lgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan.
Shundan so‘ng 14 yashar E.E. ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan o‘q otib, 15 yoshli M.T.ning chap ko‘krak sohasiga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda tog‘asining o‘g‘li olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan.
Izoh (0)