Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida avtomobil saloniga ortiqcha yo‘lovchi ortgan haydovchi aniqlandi.
Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 11-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Damas avtomobili to‘xtatilgan. Avtomobil tekshirilganda, haydovchi salonda jami 18 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib kelayotganligi aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 159-bandi talabini buzganligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)