Uzbekistan Airports’ning 2022-yilning birinchi yarmidagi umumiy daromadi 513,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Uzbekistan Airports o‘tgan yili O‘zbekistondagi barcha aeroportlar boshqaruvchisi bo‘lgan edi.
Kompaniyaning sof foydasi yanvar—iyun oylarida 276,9 mlrd so‘m tashkil qildi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida foyda atigi 66 mln so‘m bo‘lgan edi.
Foydaning keskin o‘sishi O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning kompaniya tasarrufiga o‘tkazilgani bilan izohlanadi.
Uzbekistan Airports 2022-yilning birinchi yarmida deyarli 4 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Avvalroq O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar ro‘yxati e’lon qilingan edi. Ro‘yxatda Uzbekistan Airports va kompaniya tarkibidagi 11 ta xalqaro aeroport ham bor.
Izoh (0)