Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oq uy Milliy xafvsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining aytishicha, AQSH Afg‘onistonda aksilterror amaliyotlarini o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Uning ta’kidlashicha, bu amaliyotlar birinchi navbatda “Al-Qoida” terror guruhiga qaratilgan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: “Regnum”

Foto: “Regnum”

Jon Kirbining ma’lum qilishicha, Afg‘onistonda hali ham kam sonli “Al-Qoida” jangarilari bor. Uning rahbari Usama bin Lodinning o‘ng qo‘li Ayman az-Zavohir 31-iyul kuni Afg‘onistonda Markaziy razvedka boshqarmasi operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilgan. Ammo guruh rahbarining yo‘q qilinishi “Al-Qoida” tahdidi yo‘q bo‘lganini anglatmaydi.

Agar biz Amerikaga ulardan yoki boshqa terroristik guruhdan tahdidni sezsak, AQSH prezidenti Jo Bayden qaytadan bu qadamni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, — deydi Jon Kirbi Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Qo‘shma Shtatlar 2021-yilning 30-avgustida Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketgan. Shundan so‘ng toliblar “Al-Qoida” terrorchilarini mamlakatga kiritmaslikka va’da berdi.  Biroq, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Tolibon ularga Afg‘onistondan boshpana olishga ruxsat berib, o‘z majburiyatlarini buzgan. 

Shu bilan birgalikda “Al-Qoida” yetakchisi 2016-yilda Tolibon yetakchisini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi