Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Tolibon” tashkiloti Kobulda “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni yashirib, Dohada erishilgan kelishuvlarni qo‘pol ravishda buzdi. Bu haqda Amerika davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Shuningdek, ular afg‘on xalqiga hamda o‘zlari ma’lum qilgan xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinish va u bilan aloqalarni yaxshilash bo‘yicha intilishlariga xiyonat qildi”, — deb ta’kidladi Blinken.

Davlat kotibi ishontirishicha, “Tolibon”ning o‘z majburiyatlarini bajarishni istamasligi yoki bunga qodir emasligiga qaramasdan, AQSH Afg‘oniston aholisiga faol gumanitar yordam berishda va ularning, ayniqsa, xotin-qizlarning inson huquqlariga rioya qilinishini yoqlab chiqishda davom etadi. Blinken qayd etishicha, tolibon Afg‘oniston hududining terrorchilar tomonidan qo‘llanilishiga va shu orqali boshqa mamlakatlar xavfsizligiga tahdid yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligini bir necha marta aytib o‘tgan edi.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston poytaxtida “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavohiriy yo‘q qilingani haqida bayonot bergandi. U bu voqeani har tomonlama muvaffaqiyat deb atab, Amerika Afg‘oniston terrorchilar uchun “xavfsiz bandargoh”ga aylanmasligi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilishini ta’kidladi.

Politico, Reuters va AP ma’lumotlariga ko‘ra, zarba 31-iyul, yakshanba kuni dron orqali berilgan. “Tolibon” hukumati vakili Zabihulla Mujohid Kobulga berilgan zarbani qat’iy qoraladi va hodisani “xalqaro tamoyillarning” buzilishi deb atadi.

Az-Zavohiriy 2011-yilda, guruhning avvalgi rahbari Bin Laden Amerika kuchlari tomonidan yo‘q qilinganidan keyin, “Al-Qoida” yetakchisiga aylangan edi. Sentabrda Pentagon az-Zavohiriyning joylashgan joyi haqidagi ma’lumotlar uchun 25 million dollar miqdorida mukofot puli tayinlagandi.

Blinken tilga olgan Dohadagi kelishuv AQSH va “Tolibon” vakillari o‘rtasida 2020-yil fevralida imzolangan edi. Toliblar, xususan, o‘z nazorati ostidagi hududlarda “boshqa davlatlar va tashkilotlar” bo‘lib turishiga yo‘q qo‘ymaslik majburiyatini olgan edi. “Bir qator shaxslar va axborot agentliklari mintaqada turli guruhlar borligini aytmoqda, ammo biz bunday holat yuz berishiga yo‘l qo‘ymaymiz va bunday natijaga qarshi turamiz”, — deya ishontirgan edi harakatning siyosiy idorasi rahbari o‘rinbosari Shermuhammad Abbos Stanakzay.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)