31-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Chodakdagi kanatning trosi uzilib ketdi, tepada odamlar qolib ketgani aytilmoqda” degan xabar tarqaldi. Voqea yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kanatda hech qanday ko‘ngilsiz voqealar kuzatilmagan.
Tezkor ishchi guruh joyiga borib o‘rganishlar o‘tkazib, kanat rahbari hamda ishchi xizmatchilariga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan qo‘shimcha yo‘riqnomalar berilgan.
Izoh (0)