Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSHning USS Forrest Sherman raketali harbiy kemasi Turkiya harbiy-dengiz kuchlarining Aksaz bazasiga yetib keldi. Bu haqda AQSHning 6-operativ flotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Hozir Tomahawk qanotli raketalarini olib yuruvchi ushbu esminets (harbiy kema) NATOning Ikkinchi doimiy dengiz guruhi (SNMG-2) flagmani hisoblanadi. O‘rta Yer dengizida faoliyat yurituvchi bu guruh Turkiya, Italiya va Gretsiya harbiy-dengiz kuchlarining fregatlarini o‘z ichiga oladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Harry Truman aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba berish guruhi Bolqon yarim oroli g‘arbidagi Adriatik mintaqasida navbatchilik qilmoqda.

Bungacha, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining EA-18 radioelektron urush samolyoti Harry Truman aviatashuvchisi bilan birga Ruminiya havo hududida o‘quv parvozlarini amalga oshirgan.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari 100 dan ortiq boshqaruvchisiz boshqariladigan kemalarni qabul qilishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Hisobotlarga ko‘ra, 2045-yilga borib Pentagon 523 ta kemaga ega bo‘ladi, ulardan 150 tasi avtomatik boshqariladigan kemalar bo‘lishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Dunyodagi eng yirik suvosti kemasi “Dmitriy Donskoy” Rossiya flotidan chiqarilgani xabar qilindi. “TASS” manbalari esa kema yil oxirigacha xizmatda qolishini aytmoqda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi