AQSHning USS Forrest Sherman raketali harbiy kemasi Turkiya harbiy-dengiz kuchlarining Aksaz bazasiga yetib keldi. Bu haqda AQSHning 6-operativ flotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Hozir Tomahawk qanotli raketalarini olib yuruvchi ushbu esminets (harbiy kema) NATOning Ikkinchi doimiy dengiz guruhi (SNMG-2) flagmani hisoblanadi. O‘rta Yer dengizida faoliyat yurituvchi bu guruh Turkiya, Italiya va Gretsiya harbiy-dengiz kuchlarining fregatlarini o‘z ichiga oladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Harry Truman aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba berish guruhi Bolqon yarim oroli g‘arbidagi Adriatik mintaqasida navbatchilik qilmoqda.
Bungacha, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining EA-18 radioelektron urush samolyoti Harry Truman aviatashuvchisi bilan birga Ruminiya havo hududida o‘quv parvozlarini amalga oshirgan.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari 100 dan ortiq boshqaruvchisiz boshqariladigan kemalarni qabul qilishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Hisobotlarga ko‘ra, 2045-yilga borib Pentagon 523 ta kemaga ega bo‘ladi, ulardan 150 tasi avtomatik boshqariladigan kemalar bo‘lishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)