Ukrainaning Chuguyev shahrida mahalliy aholiga palov tarqatgan 36 yoshli o‘zbekistonlik Sardor Hakimov raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.
“Uni butun Chuguyev tanir edi. Hamma Sardor Hakimovning tirik ekaniga oxirigacha umid qildi. U doim jilmayib turardi, u juda samimiy edi”, – deydi Xarkov viloyati hokimligi rahbari Oleg Sinegubov.
Mahalliy imom Timur Beridzening aytishicha, Sardor Hakimov hujum paytida yerto‘lada bo‘lib, u yerda palov tayyorlash taraddudini ko‘rayotgan bo‘lgan.
Hakimov, Ukraina matbuotiga ko‘ra, 2000-yildan beri Lugansk viloyatining Severodonetsk shahrida istiqomat qiladi. 2014-yilda u Chuguyevga ko‘chib o‘tgan. U yerda o‘zbek oshxonasi va ziravorlar do‘konini ochgan. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Hakimov oilasini O‘zbekistonga yuborib, o‘zi Chuguyevda qolib odamlarga yordam berdi.
Izoh (0)