• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turkiyada 41, Xitoyda esa 35 foiz: Bojxona qo‘mitasi rivojlangan mamlakatlar tashqi savdosida “bojxona hududida qayta ishlash” tartibining salmog‘ini ma’lum qildi

    Joriy yil 6 oyi davomida Namanganda faoliyat yuritayotgan korxona va kompaniyalar 15,6 million dollarlik tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” tartibida rasmiylashtirdi. Ulardan 5,7 million dollarga teng qayta ishlangan tayyor mahsulotlar reeksportga yo‘naltirilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Namanganda o‘tkazilgan media tur davomida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 902,9 ming dollar va 1,26 million dollarga teng bo‘lgandi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Raqamlarga ko‘ra, mahalliy tadbirkorlar oxirgi 1,5 yil davomida xorijdan jami 26,5 million dollarlik turli texnologik asbob-uskunalarni import qilgan. Bu tovarlarni qayta ishlash uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tadbirda qayd etilishicha, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdosida “bojxona hududida qayta ishlash” tartibining salmog‘i yuqori hisoblanadi. Jumladan, qayta ishlangan mahsulotlarning umumiy eksportdagi ulushi Xitoyda 35 foizni (872 milliard dollar), Yevropa Ittifoqida 10 foizni (256 milliard dollar), Turkiyada esa 41 foizni (65 mlrd dollar) tashkil etadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda davlat rahbarining joriy yil 25-apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini qo‘llashni soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni muhim rol o‘ynamoqda.

    Rustam Qobulov. Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Rustam Qobulov. Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Farmon bilan tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari ro‘yxati qadoqlash, o‘rash, saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish va uskunalarni modernizatsiya qilish xizmatlari bilan to‘ldirildi. Eng katta yengillik shundaki, mazkur jarayonlarni amalga oshirishda tadbirkorlar umuman bojxona to‘lovlari to‘lamaydi.

    Tovarlar eksportida qo‘llaniladigan bojxona yig‘imlari stavkalari, imtiyoz, preferensiya, subsidiya va kompensatsiyalar qayta ishlashdan hosil bo‘lgan tayyor mahsulotlar reeksportiga ham tatbiq etilmoqda. Tovarlarni qayta ishlashda muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa, bojxona to‘lovlari ta’minoti talab etilmaydi.

    Avvallari tovarlarni ushbu tartibda rasmiylashtirishda tovar importida qanday hujjatlar talab qilingan bo‘lsa, xuddi shunday yo‘l tutilardi”, — deydi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobulov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining afzalliklari: imkoniyat va qulayliklar” mavzusidagi media tur davomida tadbirkorlar va OAV vakillarining ko‘plab savollariga Bojxona qo‘mitasi mutasaddilari tomonidan batafsil javob berildi. Bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar qayd etib borildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda yilning birinchi yarmida budjetga qancha miqdorda bojxona to‘lovi undirilgani ma’lum qilindi

    30.07.2022, 15:06   Izoh (0)   4489
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angrenda qariyb 370 mln so‘mlik un mahsulotlarini qimmat narxda sotib yuborgan soxta tadbirkorlar ushlandi

    30.07.2022, 14:07

    O‘zbekistonda barcha tug‘ish yoshidagi ayollarning yagona elektron bazasi yaratiladi

    30.07.2022, 13:25

    Mazali taomlar o‘n kunligi – Toshkentda boshlangan Food Fest–2022 gastronomik festivalining ochilish marosimidan fotogalereya

    30.07.2022, 13:13

    Toshkentda ichki ishlar xodimi voyaga yetmagan bola bilan qo‘pol ravishda suhbatlashdi (video)

    30.07.2022, 13:08

    Buxoroda bosqinchilik va avtomobil o‘g‘irlash jinoyati ko‘paygani ma’lum qilindi

    30.07.2022, 12:39

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi

    30.07.2022, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.