Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov Polshaning Wyższa Szkoła Gospodarki w Bydgoszczy Bidgosh Iqtisodiyot universiteti delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Bidgosh Iqtisodiyot universiteti o‘rtasida oliy ta’lim va fan, shuningdek, davlat xizmatchilari malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Universitet xalqaro loyihalar bo‘yicha dekani, Sharqiy hamkorlik markazi direktori Magdalena Bergmann Bidgosh va Polshaning yana 7 ta shaharda filiallari joylashgan nufuzli OTM haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, Farg‘onada xususiy universitet ochish va davlat tashkilotlari xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish taklifini bildirdi.
Yangi universitetda dastlab iqtisodiyot yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlanishi, keyinchalik ijtimoiy yo‘nalishlar ham qo‘shilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Izoh (0)