Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida mashinasida giyohvand modda saqlagan shaxs qo‘lga olindi.
15-iyul kuni shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M.B.ning Laсetti avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh (0)