Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 2022-yilning birinchi yarmida ajratilgan ipoteka kreditlarining eng yuqori ulushi Toshkent shahrida bo‘lmoqda. Bu haqda Markaziy bank sharhidan ma’lum bo‘ldi

Foto:

Foto: "Daryo"/ Madina Nurman

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida yil boshidan beri 6,8 mingta ipoteka kreditlari ajratilgan. Bunda shahardagi 1 kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan aholi soni 8,6 ming nafarni tashkil etgan. 

Ikkinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati egallagan — 4 mingta. Kuch uchlikni Toshkent viloyati 3,2 mingta ipoteka krediti bilan yopib bergan. 

Eng kam ipoteka krediti Sirdaryo viloyatiga ajratilgan — 773 ta. 

Ipoteka kreditlari qoldig‘i quyidagicha shakllangan: 

  • 330,3 mlrd so‘mi — 7 yil; 
  • 3 trln so‘mi — 10 yil; 
  • 13,8 trln so‘mi — 15 yil; 
  • 23,2 trln so‘mi — 20 yilgacha ajratilgan. 

2022-yil 1-iyul holatiga ajratilgan ipoteka kreditlarining 61,3 foizi 5 ta hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Toshkent shahri — 2 trln so‘m;
  • Farg‘ona — 595,7 mlrd so‘m;
  • Samarqand — 538,4 mlrd so‘m;
  • Surxondaryo — 461,1 mlrd so‘m;
  • Qashqadaryo — 451,5 mlrd so‘m. 

Ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning o‘rtacha narxlari tahlil qilinganda, xonadonlarning nisbatan balandroq narxi Toshkent shahrida (426,6 mln so‘m), Surxondaryo (320,8 mln so‘m) va Samarqand (307,7 mln so‘m) viloyatlarida shakllangan. 

Nisbatan past narxlar Xorazm viloyati (240,5 mln so‘m), Qoraqalpog‘iston (245 mln so‘m), Navoiy (248,5 mln so‘m) va Qashqadaryo (251 mln so‘m) viloyatlarida kuzatildi.

 

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Nomi Сity, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi Сity’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)